Valyuta kurslari 31/07/2025
$1 – 12591.57
UZS – 0,73%
€1 – 14545.78
UZS – 0,51%
₽1 – 153.82
UZS – 1,22%
Qidirish
Iqtisod 25/02/2025 Farg‘ona viloyati va Germaniya o‘rtasida sarmoyaviy hamkorlik kengaymoqda

Farg‘ona viloyati va Germaniya o‘rtasida sarmoyaviy hamkorlik kengaymoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Germaniyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Manfred Xuterer bilan uchrashdi.

Uchrashuvda savdo - iqtisodiy, investisiyaviy munosabatlar, migrasiya, germaniyalik sarmoyadorlarni viloyatimizga jalb qilish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Viloyat hokimi O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi munosabatlar yangi bosqichga chiqqanini qayd etib, hududlararo hamkorlik ko‘lami kengayib borayotganini ta‘kidladi.

Farg‘onada Germaniya kapitali ishtirokida qator korxonalar soni ortmoqda. O‘tgan yilda Germaniya bilan hamkorlikda amalga oshirilgan loyihalarda 78 mln. dollar xorijiy investisiyalar o‘zlashtirildi. Hozirgi kunda ushbu davlat bilan hamkorlikda 158 mln. dollarlik loyihalar amalga oshirilmoqda.

Farg‘onada nemis tili o‘quv kurslari, kasb-hunar o‘rgatish markazlari tashkil qilinib, turli yo‘nalishlarda malakali mutaxassislar tayyorlanayotgani, bunday kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan Germaniya uchun ham manfaatli bo‘lmoqda.

Shundan kelib chiqib, uchrashuvda Germaniya ishbilarmonlaridan iborat delegasiyalarning Farg‘onaga kelishi, viloyat delegasiyasining mazkur davlatga borishi, hududlararo aloqalarni yanada rivojlantirish, barcha sohalarda hamkorlik ko‘lamini kengaytirish istiqbollari kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling