Valyuta kurslari 22/01/2026
$1 – 12122.07
UZS – 0,4%
€1 – 14187.67
UZS – 0,21%
₽1 – 156.39
UZS – 0,79%
Qidirish
Farg‘ona viloyati tadbirkorlari Malayziyaning eng yirik savdo tarmog‘iga mahsulot yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Farg‘ona viloyati tadbirkorlari Malayziyaning eng yirik savdo tarmog‘iga mahsulot yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Farg‘ona viloyati tadbirkorlari Malayziyaning eng yirik savdo tarmog‘iga mahsulot yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Yuldashev boshchiligida viloyat ishbilarmonlari delegatsiyasi Malayziyaga amaliy tashrif bilan borib, qator nufuzli kompaniya va sohaviy tashkilotlar bilan samarali muzokaralar o‘tkazdi.

Tashrif doirasida Malayziyaning eng yirik chakana savdo tarmoqlaridan biri — KK Super Mart rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar natijasida Farg‘ona viloyati ishlab chiqaruvchilari mahsulotlarini kelgusida ushbu tarmoq do‘konlari orqali sotuvga chiqarish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi.

Shuningdek, delegatsiya meva-sabzavot mahsulotlarini import qilishga ixtisoslashgan Hoi Yong Fruits va Al Hijrah Global Sdn Bhd kompaniyalari bilan muzokaralar olib bordi. Malayziya tomoni o‘zbek anori hamda quruq meva mahsulotlariga yuqori qiziqish bildirdi.

Bundan tashqari, to‘qimachilik va yengil sanoat sohasidagi yetakchi tashkilotlar — MATMA, MATAC va FMFTA bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda Farg‘ona viloyatida ishlab chiqarilayotgan to‘qimachilik mahsulotlarini Malayziya bozoriga eksport qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Yaqin kunlarda Kuala-Lumpurda ochilishi rejalashtirilayotgan "Farg‘ona savdo uyi" viloyat ishlab chiqaruvchilari uchun nafaqat Malayziya, balki butun Janubi-Sharqiy Osiyo bozorlariga chiqishda muhim maydonga aylanishi kutilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling