Farg'ona viloyati Shvetsiya bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari Xurshidjon Ahmedov boshchiligidagi delegatsiya Shvetsiyaning Estergyotland viloyati Kengashi raisi Nils Babtis bilan uchrashdi.
Do‘stona va samimiy muloqotda ikki tomonlama aloqalarni yanada kengaytirish, yangi g‘oyalar va tashabbuslarni amalga oshirish borasida fikr almashildi.
Xurshidjon Ahmedov viloyatimizda barcha yo‘nalishlarda — turizm, madaniyat, ta’lim, qishloq xo‘jaligi, qurilish, investitsiya, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, hunarmandchilik va savdo-sanoat kabi sohalarida Estergyotland viloyati bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha takliflarini bildirdi.
Tomonlar o‘zaro manfaatli loyihalarni yo‘lga qo‘yish, xalqaro miqyosdagi madaniy tadbirlarni hamkorlikda o‘tkazish, tajriba almashish va sarmoya jalb etish masalalarini ham atroflicha muhokama qildilar.