Valyuta kurslari 25/11/2025
$1 – 11988.32
UZS – 0,14%
€1 – 13822.53
UZS – 0,18%
₽1 – 152.02
UZS – 0,14%
Qidirish
Farg‘ona viloyati paxta poyalarini qayta ishlash bo‘yicha loyihani nemis investorlari bilan muhokama qilmoqda

Farg‘ona viloyati paxta poyalarini qayta ishlash bo‘yicha loyihani nemis investorlari bilan muhokama qilmoqda

Farg‘ona viloyati paxta poyalarini qayta ishlash bo‘yicha loyihani nemis investorlari bilan muhokama qilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Germaniyaning “Alcon Development GmbH” kompaniyasining boshqaruv direktori Ziya Gaziyev hamda uning hamkori Qureshi Ahsen Rashidni qabul qildi.

Muloqot chog‘ida joriy yil iyul oyi boshida viloyat delegatsiyasining Germaniyaga qilgan amaliy tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlarning amaliy bosqichiga o‘tish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda mehmonlarga viloyatning investitsion jozibadorligi, geografik joylashuvidagi afzalliklari va mavjud imkoniyatlari haqida maʼlumot berildi. 

O‘zbekistonda, xususan, Farg‘onada keng maydonlarda paxta yetishtirilishi, natijada g‘o‘zapoyalarini qayta ishlash orqali qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar yaratish muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.

Shunga ko‘ra, investorlar viloyatda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan g‘o‘zapoyani qayta ishlab, biochar — maxsus ko‘mir tayyorlash loyihasini taqdimot qildilar. Bu jarayonda foydalaniladigan zamonaviy payroliz texnologiyasining afzalliklari, loyihaning iqtisodiy samaradorligi hamda ekologik xavfsizlikni taʼminlashdagi o‘rni haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi. Loyiha orqali chiqindilarni qayta ishlash hamda atrof-muhitga salbiy taʼsirni kamaytirish imkoniyatlariga eʼtibor qaratildi.

Xayrullo Bozorov bu kabi istiqbolli investitsiya loyihalarini doimo qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini maʼlum qildi. Tashabbusni amaliy bosqichga o‘tkazish yuzasidan hamkorlik chora-tadbirlari kelishib olindi.

“Alcon Development GmbH” kompaniyasi infratuzilma va barqaror energetika loyihalarini rivojlantirishga ixtisoslashgan kompaniya bo‘lib, asosan infratuzilma va ko‘chmas mulk sohalarida faoliyat yuritadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling