Farg'ona viloyati Malayziyada o'zining turizm salohiyatini targ'ib qilmoqda.
Farg'ona viloyati Malayziyada o'zining turizm salohiyatini targ'ib qilmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg'ona viloyati delegatsiyasi delegatsiyasi ayni paytda Malayziyada amaliy tashrif bilan bo‘lib, hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
Turizm sohasiga ham alohida e’tibor qaratilib, Malayziyaning yetakchi turizm kompaniyalari uchun Farg’ona turizm salohiyati va yangi sayohat paketiga bag’ishlangan taqdimot o’tkazildi.
Taqdimotda 20 dan ortiq malayziyalik yirik turoperatorlar ishtirok etib, yangi turistik paketlar va yo’nalishlar bilan tanishtirildi.
Taqdimotda Farg’ona vodiysidagi 3 ta Respublikani o’z ichiga olgan “Oltin uchburchak” nomli tur-paket ularda katta qiziqish uyg’otdi.
B2B shaklida davom etgan uchrashuvda Malayziyaning 50 yillik tarixga ega, eng yirik kompaniyasi SEDUNIA TRAVEL ijrochi direktori Noordana Fard va DILRABO TRAVEL kompaniyasi o’rtasida ziyorat turizmi yo’nalishida hamkorlik qilish, 2026-2027 yilgi mavsumda 3000 nafar sayohatchilar almashinuviga kelishib olindi.