Valyuta kurslari 14/10/2025
$1 – 12149.55
UZS – 0,07%
€1 – 14087.40
UZS – 0,24%
₽1 – 150.44
UZS – 0,69%
Qidirish
Farg‘ona viloyati hokimi xitoylik investorlar bilan hududdagi yangi yirik loyihalarni muhokama qildi

Farg‘ona viloyati hokimi xitoylik investorlar bilan hududdagi yangi yirik loyihalarni muhokama qildi
 

Farg‘ona viloyati hokimi xitoylik investorlar bilan hududdagi yangi yirik loyihalarni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning "Hunan Zhongwei Group Co., Ltd.” kompaniyasi direktori Chen Minbo boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Mazkur kompaniya tomonidan Marg‘ilon shahridagi Burhoniddin Marg‘inoniy ilmiy-maʼrifiy turizm markazi hududida 10 qavatli zamonaviy mehmonxona, unga yondosh hududda yirik xalqaro savdo markazi barpo etish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqildi. Shuningdek, Farg‘ona shahridagi “Baqay” kichik sanoat zonasida Foshan ishlab chiqarish texnoparki qurilib, 20 tadan ortiq korxonalar joylashtirish rejalashtirilgan.

Uchrashuvda mazkur loyihalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, uni boshlash jarayoni haqida maʼlumot berildi.

Viloyat rahbari bugungi kunda O‘zbekiston va Xitoy munosabatlari yangi bosqichda jadal rivojlanayotganini qayd etib, bu borada hududlararo hamkorlik ko‘lami izchil kengayib borayotganini taʼkidladi. Mazkur kompaniya tomonidan viloyatimizda amalga oshirilayotgan loyihalar ham buning amaliy ifodasi ekanligi bildirildi. 

Muloqot davomida "aqlli transport", oqava suvlarni tozalash, kanalizatsiya hamda chiqindini qayta ishlash loyihalari muhokama qilindi.

Viloyat hokimi mazkur tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashini bildirib, investorlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikka tayyorligini taʼkidladi.

Uchrashuv yakunida hamkorlikdagi loyihalarni tez va samarali oshirish chora-tadbirlari belgilandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling