Valyuta kurslari 26/09/2025
$1 – 12199.71
UZS – -0,16%
€1 – 14328.56
UZS – -0,35%
₽1 – 146.09
UZS – 0,08%
Qidirish
Farg‘ona viloyati hokimi Xitoy investorlari bilan qishloq xo‘jaligi texnikasi va farmatsevtika sohasidagi loyihalarni muhokama qildi

Farg‘ona viloyati hokimi Xitoy investorlari bilan qishloq xo‘jaligi texnikasi va farmatsevtika sohasidagi loyihalarni muhokama qildi

Farg‘ona viloyati hokimi Xitoy investorlari bilan qishloq xo‘jaligi texnikasi va farmatsevtika sohasidagi loyihalarni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov viloyatimizda istiqbolli loyihalarni amalga oshirayotgan hamda investitsiya kiritishga qiziqish bildirayotgan yirik xitoylik investorlarni qabul qildi

“Fergana khan‘s blood – baoma machinery engineering Ltd.” kompaniyasi rahbari Yuan Yanping va uning hamkorlari ishtirok etgan uchrashuvda dastlab Quvasoy shahridagi “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi filialida amalga oshirilayotgan zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish loyihasining bugungi holati, jarayonlarning borishi haqida maʼlumot berildi.

Shundan so‘ng xitoylik investorlar tibbiyot sohasiga oid takliflarini taqdim etdilar. Xususan, eng yangi ixtirolardan bo‘lgan va tibbiyotda qon to‘xtatish uchun foydalaniladigan  preparatlarni, shuningdek, qariyb 130 turdan ziyod jahon talablari darajasidagi tibbiy dori-darmon vositalarini mahalliy sharoitda ishlab chiqarish imkoniyatlari mavjudligini bildirdilar.  Buning uchun viloyatda zarur xomashyo bazasi borligi qayd etildi.

Viloyat rahbari mazkur tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlab, farmatsevtika klasteri – maxsus farm zona tashkil etish, unda ilmiy laboratoriyalarni ham joylashtirish taklifini bildirdi. Investorlar bilan faoliyat turidan kelib chiqib turar-joy va infratuzilma obyektlarini qurish yo‘nalishida ham hamkorlikka tayyor ekanligini taʼkidladi.  

Shuningdek, viloyat rahbari “Chengli Group” kompaniyasi boshqaruvi raisi Lyuu Xuy bilan ham muloqot qildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Xitoy davlatlari o‘rtasidagi do‘stona, ishonchli munosabatlar mustahkamlanayotgani, viloyatimizdagi qulay investitsion muhit tufayli xitoy kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ortib borayotgani qayd etildi.

“Chengli Group” kompaniyasi kommunal xizmatlar, qurilish, yong‘in xavfsizligi, sanoat va logistika sohalarida qo‘llaniladigan qariyb 200 turdan ortiq maxsus texnikalar ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Uchrashuvda bu ishlab chiqarishlarning ayrim yo‘nalishlarini Farg‘onada ham yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvlarda viloyat rahbari eksportbop, raqobatbardosh va sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish, bu jarayonlarga eng zamonaviy texnologiyalarni jalb etish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish muhimligiga eʼtibor  qaratdi.

Bildirilgan takliflar yuzasidan loyihalarni amaliy bosqichiga o‘tish chora-tadbirlari kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling