Valyuta kurslari 18/09/2025
$1 – 12254.27
UZS – -0,25%
€1 – 14516.41
UZS – 0,01%
₽1 – 147.89
UZS – -0,49%
Qidirish
Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Xitoylik investorlar delegatsiyasini qabul qildi

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Xitoylik investorlar delegatsiyasini qabul qildi

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Xitoylik investorlar delegatsiyasini qabul qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Rishton tumanida bir guruh xitoylik investorlarni qabul qildi

Muloqot chog‘ida viloyatimizda xitoylik investorlar tomonidan tashkil etilishi rejalashtirilayotgan mehmonxona xizmati, sihatgohlar, maktab qurilishi, tibbiy jihozlar ishlab chiqarish bo‘yicha istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.

Farg‘ona viloyati bugungi kunda investorlar uchun eng jozibador hududlardan biriga aylanib borayotganini qayd etgan xitoylik investorlar viloyat hududida yangi loyihalarga investitsiya kiritish niyatida ekanliklarini maʼlum qilib, o‘z biznes rejalarini taqdim etdilar.

Viloyat hokimi ko‘zda tutilgan loyihalarni hayotga tatbiq etish uchun har tomonlama ko‘mak berishga tayyor ekanligini bildirdi.

Uchrashuvda loyihalarni tayyorlash hamda muzokaralarni davom ettirishga kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling