Valyuta kurslari 27/06/2025
$1 – 12586.41
UZS – 0,44%
€1 – 14758.82
UZS – 1,52%
₽1 – 160.42
UZS – 0,38%
Qidirish
Iqtisod 27/06/2025 Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov xitoylik investorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov xitoylik investorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov xitoylik investorlar Yuan Yanping hamda Bay Anlini qabul qildi.

Muloqotda Quvasoy shahridagi “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi filialida amalga oshirilayotgan qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish loyihasi doirasidagi masalalar muhokama qilindi.

Viloyat hokimi mazkur loyiha muvaffaqiyatli bo‘lishini qayd etib, nafaqat O‘zbekiston bozorida qolaversa, Markaziy Osiyo, MDH davlatlari bozorlarida o‘z o‘rniga ega bo‘lishiga ishonch bildirdi.

Uchrashuv yakunida uch tomonlama anglashuv memorandumi imzolandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling