Valyuta kurslari 04/02/2026
$1 – 12258.38
UZS – 0,13%
€1 – 14455.08
UZS – -0,47%
₽1 – 159.49
UZS – -0,26%
Qidirish
Farg‘ona viloyati hokimi Shohimardonda turistik majmua va kanat yo‘li qurilishini POMA bilan muhokama qildi

Farg‘ona viloyati hokimi Shohimardonda turistik majmua va kanat yo‘li qurilishini POMA bilan muhokama qildi

Farg‘ona viloyati hokimi Shohimardonda turistik majmua va kanat yo‘li qurilishini POMA bilan muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Fransiyaning “POMA SAS” kompaniyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha menejeri Anton Chudayevni qabul qildi. Uchrashuvda turizm yo‘nalishidagi loyihalar muhokama qilindi.

Viloyat hokimi mamlakatimizda turizm sohasini rivojlantirishga katta eʼtibor qaratilayotganini, Farg‘ona viloyatida mazkur yo‘nalishda keng imkoniyatlar mavjudligini taʼkidladi. Shuningdek, davlat rahbarining yaqinda qabul qilingan qarori asosida “Farg‘ona” turistik-rekreatsion zonasi tashkil etilayotgani qayd etildi.

Muloqot chog‘ida ilg‘or xalqaro tajribalar asosida Farg‘ona tumani Shohimardon qishlog‘ida zamonaviy turizm maskani, xususan, osma dor yo‘lini barpo etish loyihasi taqdim etildi. Shu bilan birgalikda boshqa hududlardagi loyihalar bo‘yicha fikr almashildi.

Viloyat rahbari loyiha takliflarini yana-da takomillashtirish, hamkorlikdagi ishlar bo‘yicha qator tavsiyalar berdi.

“POMA” (PomaGalski S.A.) kabelli transport tizimlari sohasida dunyoda yetakchi injenerlik kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Kompaniya  kanat yo‘llari, funikulerlar, tog‘-chang‘i kurortlari uchun liftlar hamda shahar kanatli transport tizimlarini loyihalash, ishlab chiqish va joriy etish bilan shug‘ullanadi. Bugungi kunda “POMA” 90 dan ortiq mamlakatda faoliyat yuritib, 8 mingdan ziyod loyihani amalga oshirgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling