Valyuta kurslari 04/12/2025
$1 – 11912.38
UZS – 0,26%
€1 – 13873.16
UZS – 0,57%
₽1 – 153.39
UZS – 0,07%
Qidirish
Farg‘ona viloyati hokimi Markaziy Osiyo bo‘yicha Yevropa Ittifoqining maxsus vakili Eduards Stiprays bilan uchrashuv o‘tkazdi

Farg‘ona viloyati hokimi Markaziy Osiyo bo‘yicha Yevropa Ittifoqining maxsus vakili Eduards Stiprays bilan uchrashuv o‘tkazdi

Farg‘ona viloyati hokimi Markaziy Osiyo bo‘yicha Yevropa Ittifoqining maxsus vakili Eduards Stiprays bilan uchrashuv o‘tkazdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Farg‘ona tinchlik forumi doirasida Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Eduards Stiprays bilan uchrashdi.

Muloqot avvalida Eduards Stiprays Farg‘onada o‘tkazilayotgan Tinchlik forumining yuqori darajada tashkil etilganini alohida taʼkidladi. U O‘zbekiston Prezidenti tashabbuslari natijasida Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida do‘stona, yaqin qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatli munosabatlar mustahkamlanib, strategik sheriklik ruhidagi aloqalar yangi bosqichga ko‘tarilganini qayd etdi.

Uchrashuvda, xususan, Tojikiston va Qirg‘iziston bilan hamkorlik izchil rivojlanib, hududlararo munosabatlar faollashgani hamda chegara bilan bog‘liq muammolar deyarli hal etilgani eʼtirof etildi. Mintaqadagi tinchlik va hamjihatlik davlatlar taraqqiyotida muhim omil bo‘layotgani taʼkidlandi.

Shuningdek, joriy yil aprel oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi” birinchi sammitida qator dolzarb masalalar bo‘yicha kelishuvlarga erishilgani qayd etib o‘tildi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik aloqalari so‘nggi yillarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamda madaniy-gumanitar yo‘nalishlarda jadal rivojlanayotganini taʼkidladi.

Ayniqsa, Farg‘ona viloyati Yevropa davlatlari bilan taʼlim, tibbiyot, migratsiya va savdo-investitsiya sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirib kelayotgani qayd etildi.

Uchrashuv yakunida Yevropa Ittifoqi bilan hududlararo hamkorlikni yana-da kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling