Farg'ona viloyati delegatsiyasi iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Omskka tashrif buyurdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekiston Respublikasi Farg'ona viloyati delegatsiyasi iqtisodiy va madaniy hamkorlikni chuqurlashtirish tashabbuslari doirasida Omskka tashrif buyurdi.

Mazkur tashrif Omsk viloyati gubernatori Vitaliy Xotsenko rahbarligida Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan O‘zbekiston bilan strategik sheriklik aloqalarini kengaytirishga qaratilgan izchil siyosatning mantiqiy davomi hisoblanadi.

Tashrif “Omskda O‘zbekiston madaniyati kunlari” festivali doirasidagi ko‘rgazma bilan boshlandi. Mazkur tadbir milliy madaniy merosni keng targ‘ib etish, millatlararo hamjihatlikni mustahkamlash va o‘zaro ishonch muhitini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

Viloyat delegatsiyasi uchun Omsk viloyatining bir qator munisipal tumanlariga tashriflar tashkil etildi. Ushbu hududlarda qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun mavjud infratuzilma, resurslar va sanoat imkoniyatlari bilan yaqindan tanishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling