Valyuta kurslari 17/03/2026
$1 – 12091.22
UZS – 0,08%
€1 – 13844.45
UZS – 0,05%
₽1 – 149.16
UZS – -0,85%
Qidirish
Farg‘ona viloyati CLAAS bilan qishloq xo‘jaligida hamkorlikni kuchaytirmoqda

Farg‘ona viloyati CLAAS bilan qishloq xo‘jaligida hamkorlikni kuchaytirmoqda

Farg‘ona viloyati CLAAS bilan qishloq xo‘jaligida hamkorlikni kuchaytirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov “CLAAS” kompaniyasining Yevrosiyo bo‘yicha O‘zbekiston va Qirg‘izistondagi boshqaruvchisi Folker Gunter Settl hamda kompaniyaning mahalliy masʼul vakillarini qabul qildi.

Uchrashuvda viloyatda qishloq xo‘jaligi sohasida zamonaviy agrotexnologiyalarni keng joriy etish va bu borada “CLAAS” kompaniyasi bilan yo‘lga qo‘yilgan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yana-da rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov mamlakatimizda so‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligida islohotlarni alohida eʼtirof etib, zamonaviy texnologiyalar va texnikalar keng tadbiq etilayotganini taʼkidladi. Bu borada CLAAS kompaniyasining o‘rni muhim ekanligini taʼkidlab, mazkur kompaniya tomonidan ishlab chiqarilayotgan zamonaviy va ishonchli texnika vositalari fermer xo‘jaliklari samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘layotganini qayd etdi. Shuningdek, ushbu texnikalarning O‘zbekiston bozorida o‘z o‘rniga ega ekani eʼtirof etildi.

Muloqot davomida qishloq xo‘jaligi texnikalarini, jumladan,  DOMINATOR rusumli g‘alla o‘rish kombaynlari va traktorlarni yana-da takomillashtirish, ularni raqamlashtirish va intellektual boshqaruv elementlari bilan jihozlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar taqdimot qilindi.

Shuningdek, viloyatimizda sohada malakali kadrlarni tayyorlash maqsadida mintaqaviy o‘quv markazini tashkil etish, dual taʼlim tizimini joriy etish, servis xizmatlarini kengaytirish hamda texnikalardan samarali foydalanishni taʼminlash yuzasidan ham fikr almashildi.

O‘zaro manfaatli hamkorlikni yana-da jadallashtirish, qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.

Maʼlumot uchun, CLAAS — Germaniyada joylashgan yirik sanoat kompaniyasi bo‘lib, dunyodagi yetakchi qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqaruvchilaridan biri hisoblanadi. Kompaniya yuqori samaradorlikka ega kombaynlar va zamonaviy agrotexnika vositalari ishlab chiqarishi bilan mashhur.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling