Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
Iqtisod 30/04/2025 Farg‘ona va Xanti-Mansiysk muxtor okrugi muhim tarmoqlarda hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi

Farg‘ona va Xanti-Mansiysk muxtor okrugi muhim tarmoqlarda hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Rossiya Federasiyasining Xanti-Mansiysk avtonom okrugi gubernatori Ruslan Kuxaruk bilan uchrashdi. Unda ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda "INNOPROM.

Markaziy Osiyo" beshinchi xalqaro sanoat ko‘rgazmasi hududlar hamkorligini mustahkamlash, yangi hamkorlar topish va o‘zaro tajriba almashishga xizmat qilayotganligi ta‘kidlandi. Hududlar imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda hamkorlikni rivojlantirish borasida fikr almashildi.

Xususan, savdo-iqtisodiy, neft va gaz sanoati, qurilish, qishloq xo‘jaligi, ta‘lim, madaniyat kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling