Valyuta kurslari 16/10/2025
$1 – 12233.67
UZS – 0,4%
€1 – 14233.88
UZS – 1,08%
₽1 – 154.84
UZS – 1,48%
Qidirish
Farg‘ona va Sug‘d savdo, transport va ijtimoiy sohalardagi hamkorlikni kengaytirayotgani maʼlum qilindi

Farg‘ona va Sug‘d savdo, transport va ijtimoiy sohalardagi hamkorlikni kengaytirayotgani maʼlum qilindi

Farg‘ona va Sug‘d savdo, transport va ijtimoiy sohalardagi hamkorlikni kengaytirayotgani maʼlum qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Tojikiston Respublikasi So‘g‘d viloyati raisi Rajabboy Ahmadzodani qabul qildi. Uchrashuvda davlat rahbarlarining qatʼiy siyosiy irodasi tufayli O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi do‘stlik hamda strategik sheriklik munosabatlari ittifoqchilikning yangi bosqichiga ko‘tarilgani taʼkidlandi.

Xususan, Farg‘ona va So‘g‘d viloyatlari o‘rtasida transport-logistika, savdo-iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa yo‘nalishlardagi hamkorlik izchil mustahkamlanib borayotgani, o‘zaro manfaatli loyihalar amalga oshirilayotgani qayd etildi. Ikki viloyat rahbarlarining doimiy va do‘stona muloqoti yo‘lga qo‘yilganligi bunda muhim o‘rin tutayotganligi bildirildi.

Shuningdek, ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida hamkorlik aloqalari kengayib, hududlarda istiqbolli qo‘shma loyihalar tashkil etilayotgani eʼtirof etildi. Yaqinda Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tgan III Xalqaro hunarmandchilik festivalida tojikistonlik hunarmandlar ham faol ishtirok etgani, bu kabi madaniy tadbirlar va festivallarni ko‘proq tashkil etish zarurligi taʼkidlandi.

Ayni paytda Farg‘ona viloyatida Tojikiston kapitali ishtirokida 12 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, Beshariq tumanida Tojikiston bilan chegaradosh Andarxon qishlog‘ida erkin savdo zonasi barpo etilmoqda.

Uchrashuvda ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni yana-da rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

 Farg‘onada ilk bor o‘tkazilgan Tinchlik forumi hududlar o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling