Farg‘ona va Hebei Daocheng yangi investitsiya loyihalarini muhokama qildi

Farg‘ona va Hebei Daocheng yangi investitsiya loyihalarini muhokama qildi

Farg‘ona va Hebei Daocheng yangi investitsiya loyihalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning “Hebei Daocheng Electronic Technology Co., Ltd.” kompaniyasi direktori Vang Ping boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv davomida kompaniya tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan investitsiya loyihalari muhokama qilindi.

Xususan, “aqlli” hisoblagichlar ishlab chiqarish, suvni tozalash tizimlarini joriy etish, nasos uskunalarini modernizatsiya qilish kabi istiqbolli yo‘nalishlarga alohida eʼtibor qaratildi.

Muloqotda ushbu tashabbuslarni viloyat hududida amalga oshirish, shu bilan birga, ishonchli va zamonaviy, xalqaro standartlar talablariga javob beradigan mahsulotlar ishlab chiqarish muhimligi taʼkidlandi.

Uchrashuvda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yana-da rivojlantirish, yangi loyihalarni izchil amalga oshirish borasidagi ishlarni davom ettirishga kelishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling