Farg‘ona tarvuzlari Polshaga yetib bordi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyatida joriy yilning o‘tgan sakkiz oyi davomida tarvuz eksporti 16 ming tonnani tashkil etib, qiymati esa 3,5 mln dollardan oshdi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Viloyat bojxona boshqarmasi tomonidan joriy yilda 60 dan ortiq tadbirkorlar tomonidan 815 ta partiyada BAA, Rossiya, Qozog‘iston, Mo‘g‘uliston, Belarus va Qirg‘iz Respublikasi kabi davlatlarga eksportga yo‘naltirilgan tarvuzlar rasmiylashtirilishi ta’minlangan.
Umumiy eksport hajmining 20 foizi Rossiya va Qirg‘iz Respublikasi hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
E’tiborlisi, tarvuz eksporti geografiyasi kengayib, viloyatda yetishtirilgan tarvuzlar endilikda Polsha davlatiga ham yetib bordi.
Natijada 2024-yilning sakkiz oyi davomida viloyatimizdan jami 1,6 mln dollarlik 6589 tonna tarvuz eksport qilingan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich joriy yilda 2,2 martaga ortdi.