Valyuta kurslari 23/09/2025
$1 – 12257.13
UZS – -0,75%
€1 – 14434.00
UZS – -0,62%
₽1 – 146.69
UZS – -0,99%
Qidirish
Farg‘ona shahrida texnopark qurilishi va Xitoylik investorlar bilan yangi loyihalar muhokama qilindi

Farg‘ona shahrida texnopark qurilishi va Xitoylik investorlar bilan yangi loyihalar muhokama qilindi
 

Farg‘ona shahrida texnopark qurilishi va Xitoylik investorlar bilan yangi loyihalar muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning Tyanszin shahri tijorat, savdo va investitsiyalar assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari, Xux-Xoto Savdo palatasi rahbari Gao Vey boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Viloyat rahbari O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar har tomonlama strategik sheriklikning yangi davriga ko‘tarilganini, Xitoy O‘zbekistonning eng yirik savdo va investitsiya hamkori ekanligini qayd etdi. So‘nggi yillarda hududlararo hamkorlik jadal rivojlanib, ko‘plab istiqbolli loyihalar amalga oshirilayotgani, xususan, viloyatimizda ham bu borada samarali va manfaatli aloqalar yo‘lga qo‘yilganligi taʼkidlandi.

Muloqotda Farg‘ona viloyati va Tyanszin shahri o‘rtasida o‘zaro savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, hududlararo hamda Savdo-sanoat palatalari o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yish, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Farg‘ona viloyatining iqtisodiy-investitsion salohiyati, mavjud imkoniyatlar, maxsus sanoat zonalarida xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulayliklar haqida maʼlumot berildi.

Xitoylik investorlar texnopark qurish va unga investorlarni keng jalb etish, oziq-ovqat va go‘sht mahsulotlarini zamonaviy qadoqlash, veterinariya dori vositalarini ishlab chiqarish bilan bog‘liq qator takliflarni ilgari surdilar.

Viloyat rahbari import o‘rnini bosuvchi, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, ularda ilg‘or texnologiyalardan foydalanish va yangi ish o‘rinlarini yaratish muhim bo‘lishligini taʼkidladi. Shuningdek, o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirishda har tomonlama ko‘makka tayyor ekanini bildirdi va hamkorlik chora-tadbirlari belgilab olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling