Farg‘ona — nemis kompaniyalari uchun texnik maxsus kiyimlar ishlab chiqaruvchi markaz sifatida ko‘rilmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonning Farg‘ona viloyati Germaniya bilan sanoat hamkorligini mustahkamlab, mamlakatimizni Yevropaga mo‘ljallangan shaxsiy himoya vositalari (SHHV) va professional kiyimlar uchun muhim ishlab chiqarish bazasi sifatida ilgari surmoqda.
Viloyat hokimi Hayrullo Bozorov boshchiligidagi delegatsiya Germaniyada qator yetakchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi:
Yevropaning eng yirik maxsus kiyim va SHHV ishlab chiqaruvchisi Engelbert Strauss bilan Farg‘onada qo‘shma korxona tashkil etish masalasi muhokama qilindi.
Tibbiyot, HoReCa (mehmonxona, restoran va keytering), logistika sohalari uchun professional kiyim ishlab chiqaruvchi Weitblick kompaniyasi bilan ishlab chiqarish quvvatlarini O‘zbekistonda joylashtirish va mahsulotlarni Yevropa Ittifoqiga eksport qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Ma’lumki, Weitblick mahsulotlari Avstriya, Niderlandiya, Chexiya va Polshaga yetkazib beriladi. Kompaniyaning O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi uning Yevropadagi ishtirokini yanada kuchaytiradi.