Valyuta kurslari 14/10/2025
$1 – 12149.55
UZS – 0,07%
€1 – 14087.40
UZS – 0,24%
₽1 – 150.44
UZS – 0,69%
Qidirish
Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida HSB Solomon Associates kompaniyasi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida HSB Solomon Associates kompaniyasi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida HSB Solomon Associates kompaniyasi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yil 14-oktabr kuni Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida xalqaro konsalting kompaniyasi HSB Solomon Associates vakili – MDH va Turkiya mintaqasi bo‘yicha biznesni rivojlantirish va konsalting direktori Ivan Tomashevskiy bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

HSB Solomon Associates – dunyodagi yetakchi benchmarking va neftni qayta ishlash zavodlarining operatsion samaradorligini tahlil qilish sohasidagi kompaniya bo‘lib, u bugungi kunga qadar butun dunyo bo‘yicha 320 dan ortiq NQIZ faoliyatini o‘rgangan. Kompaniya Shell, BP, TotalEnergies va ExxonMobil kabi global neft-gaz gigantlari bilan yaqindan hamkorlik qilib, jarayonlarni optimallashtirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan qo‘shma tadqiqot va loyihalarda ishtirok etadi.

Uchrashuv davomida strategik hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi. Jumladan, Farg‘ona NQIZning kompaniya o‘tkazayotgan xalqaro tadqiqotlarda ishtiroki, ilg‘or ishlab chiqarish va raqamli texnologiyalarni joriy etish, sohaning yetakchi korxonalari bilan tajriba almashish hamda zavod faoliyatining samaradorligini oshirish bo‘yicha kompleks yondashuvlar belgilab olindi.

Solomon vakillari Farg‘ona NQIZning yuqori salohiyatini e’tirof etib, uzoq muddatli hamkorlikka qiziqish bildirdilar.

“HSB Solomon Associates kabi yetakchi xalqaro ekspertlar bilan hamkorlik qilish Farg‘ona NQIZ uchun ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va mintaqaviy hamda global bozorda raqobatbardoshlik pozitsiyalarini mustahkamlash imkonini beradi”, – dedi Saneg bosh direktori Tulqin Yusupov.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling