Valyuta kurslari 01/12/2025
$1 – 11940.95
UZS – 0,32%
€1 – 13814.49
UZS – 0,25%
₽1 – 152.68
UZS – 0,33%
Qidirish
Farg‘ona hokimi Qo‘qonda “turizm ko‘chasi” yaratishni topshirdi

Farg‘ona hokimi Qo‘qonda “turizm ko‘chasi” yaratishni topshirdi

Farg‘ona hokimi Qo‘qonda “turizm ko‘chasi” yaratishni topshirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Qo‘qon shahrida olib borayotgan o‘rganishlari doirasida turizmni rivojlantirish konsepsiyasining loyihasi bilan tanishdi. Tegishli mutasaddilar ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda uchta yo‘nalish bo‘yicha ishlab chiqilgan konsepsiyani takomillashtirish yuzasidan aniq vazifa va ko‘rsatmalar berildi.

Dastlab namunaviy loyiha sifatida “turizm ko‘chasi”ni tashkil etish topshirildi. Shu munosabat bilan har bir ko‘chada joylashgan tarixiy obidalarning pasportlarini yaratish, mehmonxonalar, xizmat ko‘rsatish shoxobchalari va servis nuqtalarini tashkil etish, hunarmandchilik do‘konlarini joylashtirish kabi muhim ishlar belgilab olindi.

Shuningdek, turizm maskanlarining infratuzilmasini yana-da yaxshilash, transport va yo‘l-infratuzilmasi bilan bog‘liq masalalarni tezkor hal qilish, obyektlarni xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi.

Yig‘ilishda samarasiz foydalanilayotgan bino va inshootlar tahlili, sanoat, tadbirkorlik va kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishlaridagi topshiriqlar ijrosi muhokama qilindi. Shaharda mavjud imkoniyat va salohiyat to‘liq ishga solinmayotgani, drayver loyihalar yetarli darajada ishlab chiqilmayotgani tanqid qilinib, bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgillab berildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling