Valyuta kurslari 11/11/2025
$1 – 12014.94
UZS – -0,38%
€1 – 13900.08
UZS – -0,12%
₽1 – 148.31
UZS – -0,38%
Qidirish
Farg‘ona hokimi MİSİAD bilan qo‘shma investitsiya loyihalarini muhokama qildi

Farg‘ona hokimi MİSİAD bilan qo‘shma investitsiya loyihalarini muhokama qildi

Farg‘ona hokimi MİSİAD bilan qo‘shma investitsiya loyihalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Turkiyada amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov “MİSİAD”ning Istanbul viloyati raisi Fayzulloh Jan hamda “YÜCELBAŞ GROUP” kompaniyasi rahbari Kadir Yujelbash bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

MİSİAD (Memleketçi Sanayici ve İş Adamları Derneği) —  turk vatanparvar ishlab chiqaruvchilar va ishbilarmonlar uyushmasi bo‘lib, iqtisodiy hamkorlikda ko‘plab loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. 

Samimiy muloqot davomida turkiyalik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, hududlararo munosabatlarni kengaytirish hamda turk investorlarining Farg‘ona viloyatiga tashrifini tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Uchrashuv yakunida Farg‘ona viloyati hokimligi, MİSİAD va “YÜCELBAŞ GROUP” o‘rtasida hamkorlik  memorandumi imzolandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling