Valyuta kurslari 06/11/2025
$1 – 11970.67
UZS – 0,17%
€1 – 13748.31
UZS – 0,03%
₽1 – 147.59
UZS – -0,07%
Qidirish
Farg‘ona delegatsiyasi Turkiya biznesi bilan muzokaralar olib bormoqda

Farg‘ona delegatsiyasi Turkiya biznesi bilan muzokaralar olib bormoqda

Farg‘ona delegatsiyasi Turkiya biznesi bilan muzokaralar olib bormoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg‘ona viloyati delegatsiyasi hududlararo investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, ijtimoiy sohalardagi hamkorlik aloqalarini kengaytirishni ko‘zda tutgan amaliy tashrif bilan Turkiya Respublikasida bo‘lib turibdi.

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi do‘stlik, o‘zaro ishonch va hamkorlik so‘nggi yillarda yangi bosqichga ko‘tarilib, barcha sohalarda izchil rivojlanmoqda.

Bugungi kunda hududlar darajasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilib, qo‘shma istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda. Mazkur tashrif esa hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, Farg‘onaga turkiyalik investorlarni jalb etishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. 

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Istanbul shahrida o‘ndan ortiq turk kompaniyalari va ishbilarmon doira vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, samarali kelishuvlarga erishildi.

“GOLD MARKET AND WHOLESALE PROJECT” kompaniyasi rahbari Mehmet O‘zkan bilan bo‘lgan muloqotda Farg‘onada zargarlik yo‘nalishida qo‘shma loyihani amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. 

Mehmet O‘zkan rahbarlik qilayotgan kompaniya Turkiya zargarlik sanoatida katta tajribaga ega. U mamlakatda ilk bor oq oltin ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan hamda 1999 - yilda Germaniyada ishlab chiqarilgan CNC uskunalarini Turkiyaga olib kirgan. Bu yangilik milliy zargarlik sanoatida yangi texnologik bosqichni boshlab berdi va ishlab chiqarishni xalqaro standartlarga yaqinlashtirdi.

Kompaniya shuningdek, Turkiyadagi eng yirik nikoh halqalari do‘konini tashkil etgan hamda “Gold Market” loyihasini amalga oshirish uchun yuqori malakali jamoani shakllantirgan. Hozirda kompaniya 950 dan ziyod ishlab chiqaruvchi va ustaxonalar bilan hamkorlik qiladi. Bu esa mahsulot sifatini taʼminlash hamda raqobatbardosh narx siyosatini yuritish imkonini beradi.

Uchrashuvda viloyatimizda zargarlik yo‘nalishida istiqbolli loyihani amalga oshirishga kelishildi.

Shuningdek, turkiyalik yirik kompaniya rahbarlari va ishbilarmonlar bilan yuzma yuz muloqotda qurilish, taʼlim, tibbiyot, turizm kabi yo‘nalishlardagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. 

“Seda Metal Aluminium Facade Systems” kompaniyasi rahbari Enes Kavalchi bilan uchrashuvda  alyumin profil mahsulotlarini ishlab chiqarish, Turkiya bo‘ylab 13000 ta turistik kompaniyalarni birlashtirgan “Tursab” kompaniyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish, “Belgin tadbirkori” kompaniyasi bilan tibbiyot sohalaridagi hamkorlik bo‘yicha fikr almashildi.

Muloqotlar yakunida ilg‘or tajribalar asosida hududlararo aloqalarni mustahkamlash, qo‘shma loyiha va dasturlarni amalga oshirish borasida kelishuvlarga erishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling