Fargʻona viloyatida katta soliq inspektori korruptsiyada gumon qilinib hibsga olindi
Fargʻona viloyatida katta soliq inspektori korruptsiyada gumon qilinib hibsga olindi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumani soliq inspeksiyasining bosh inspektori yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari imkoniyati orqali, mazkur tuman hokimligi zaxirasida bo‘lgan va qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan 10 gektar yer maydonini namanganlik tadbirkorga kelgusida sayyohlik maskani tashkil etishi uchun ajratib berish evaziga 95 ming AQSH dollari hamda yer maydoni toifasini o‘zgartirib berish evaziga 6 ming AQSH dollari (jami 101 ming AQSH dollari) talab qiladi.
Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmalari xodimlari hamkorligida Yangi Namangan tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, bosh inspektor oldindan 20 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda unga nisbatan Namangan viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.