Valyuta kurslari 16/02/2026
$1 – 12220.98
UZS – -0,44%
€1 – 14495.30
UZS – -0,66%
₽1 – 158.38
UZS – -0,45%
Qidirish
Fargʻona viloyati delegatsiyasi Turkiyada bir qator ishbilarmonlik uchrashuvlari oʻtkazmoqda

Fargʻona viloyati delegatsiyasi Turkiyada bir qator ishbilarmonlik uchrashuvlari oʻtkazmoqda

Fargʻona viloyati delegatsiyasi Turkiyada bir qator ishbilarmonlik uchrashuvlari oʻtkazmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Turkiya Respublikasida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan viloyat hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov boshchiligidagi delegatsiya tomonidan qator samarali uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Kojaeli Savdo-sanoat palatasida o‘tkazilgan uchrashuvda Farg‘ona viloyatining investitsiya, savdo va sanoat sohalaridagi imkoniyatlari, shuningdek, hududda tashkil etilayotgan maxsus sanoat zonasi faoliyati bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.

Taqdimotda viloyatimizning sanoat salohiyati, qulay biznes muhiti, amalga oshirilayotgan islohotlar hamda investorlar uchun yaratilgan imtiyoz va preferensiyalar haqida maʼlumot berildi. Xususan, tekstil, qurilish materiallari ishlab chiqarish va tibbiyot sohalarida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari tadbirkorlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Muloqotda turkiyalik ishbilarmonlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar hamda o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Eco Group kompaniyasi faoliyati bilan ham tanishildi. Kompaniya rahbariyati bilan o‘tkazilgan uchrashuvda amalga oshirilayotgan loyihalar, ishlab chiqarish quvvatlari hamda kelgusidagi investitsiya rejalari xususida fikr almashildi.

Uchrashuvlar yakunida turk tadbirkorlarining Farg‘onaga tashrifini tashkil etish hamda istiqbolli loyihalar bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling