Valyuta kurslari 04/12/2025
$1 – 11912.38
UZS – 0,26%
€1 – 13873.16
UZS – 0,57%
₽1 – 153.39
UZS – 0,07%
Qidirish
Fargʻona va Omsk viloyatlari iqtisodiyot va sanoat sohasidagi hamkorlikni mustahkamlamoqda

Fargʻona va Omsk viloyatlari iqtisodiyot va sanoat sohasidagi hamkorlikni mustahkamlamoqda

Fargʻona va Omsk viloyatlari iqtisodiyot va sanoat sohasidagi hamkorlikni mustahkamlamoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bugun Toshkent shahrida Xayrullo Bozorov Rossiya Federatsiyasining Omsk viloyati gubernatori Vitaliy Xotsenko bilan uchrashdi. Unda ikki tomonlama o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Xayrullo Bozorov mehmonlarga tashrif uchun minnatdorchilik bildirib, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari yangi bosqichda izchil rivojlanayotganini ta’kidladi.

Ayniqsa, hududlararo aloqalar kun sayin faollashib, hozirgi kunda Farg‘ona viloyati Rossiyalik hamkorlar bilan to‘qimachilik, energetika va neft-kimyo, mebel sanoati, xizmat ko‘rsatish, shuningdek, shaharsozlik yo‘nalishlarida samarali hamkorlikni amalga oshirib kelayotgani qayd etildi.

Viloyatda rossiyalik investorlar ishtirokida 165 dan ortiq qo‘shma korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgani, bu esa yirik loyihalarni amalga oshirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish uchun mustahkam platforma ekanligi ta’kidlandi.

Shu bilan birga, Omsk viloyati bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani, qator yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalar izchil amalga oshirilayotgani bildirildi.

Omsk viloyati gubernatori Vitaliy Xotsenko ham ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy va sanoat aloqalari jadal rivojlanayotganini, ayniqsa, Farg‘ona viloyati bilan hamkorlik bundan buyon ham yanada mustahkamlanishini ta’kidladi.

Rossiyada O‘zbekistonda yetishtirilayotgan meva va qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga talab kattaligini, Quvada tashkil etilayotgan mevani qayta ishlash va logistika markazi buning uchun yaxshi imkoniyat bo‘layotganligini bildirdi.

Uchrashuvda hamkorlik ko‘lamini yanada kengaytirish va qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirishga kelishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling