Valyuta kurslari 18/12/2025
$1 – 12059.78
UZS – -0,38%
€1 – 14129.24
UZS – -0,73%
₽1 – 150.07
UZS – -1,63%
Qidirish
FAO ko'magida maktab ovqatlanish tizimini takomillashtirish loyihasi yakunlandi

FAO ko'magida maktab ovqatlanish tizimini takomillashtirish loyihasi yakunlandi

FAO ko'magida maktab ovqatlanish tizimini takomillashtirish loyihasi yakunlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — FAO ko‘magida maktablarda ovqatlanish tizimini takomillashtirish loyihasi yakunlandi

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda mahalliy hokimiyat organlari bilan hamkorlikda “Maktabda ovqatlanish dasturini sinovdan o‘tkazish orqali oziq-ovqat xavfsizligini oshirish va sog‘lom ovqatlanishni yaxshilashga ko‘maklashish” loyihasini amalga oshirdi.

Poytaxtimizda ushbu loyihaning yakuniy seminari bo‘lib o‘tdi. Tadbir loyiha doirasida erishilgan natijalarni sarhisob qilish, amaliy tajribalar va olingan saboqlarni muhokama etish, shuningdek maktablarda ovqatlanish tashabbuslarini barqaror rivojlantirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga bag‘ishlandi.

Seminarda tegishli vazirlik va idoralar, mahalliy hokimiyat organlari, hamkor tashkilotlar, ekspertlar, sinov-tajriba maktablari, ota-onalar va o‘quvchilar vakillari ishtirok etdi. Ishtirokchilar loyiha davomida qo‘lga kiritilgan natijalar va samarali yondashuvlar bilan o‘rtoqlashdilar.

Tadbir davomida Qishloq xo‘jaligi vaziri maslahatchisi Nuriddin Qo‘shnazarov so‘zga chiqib, maktablarda xavfsiz va to‘yimli ovqatlanishni ta’minlash bolalar salomatligi va oziq-ovqat xavfsizligining muhim omili ekanini, FAO bilan hamkorlik esa bu borada aniq amaliy natijalar berayotganini ta’kidladi.

Loyiha doirasida maktablarda oziq-ovqat xavfsizligi amaliyotlari takomillashtirildi, o‘quv va metodik materiallar ishlab chiqildi, targ‘ibot tadbirlari sinovdan o‘tkazildi hamda institutsional salohiyat mustahkamlandi.

Yakunda o‘quvchilar, o‘qituvchilar va maktab oshxonalari xodimlari uchun tayyorlangan o‘quv materiallari, shuningdek loyiha doirasida ishlab chiqilgan video va kommunikatsiya mahsulotlari namoyish etildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling