Fabio Kannavaro O‘zbekiston terma jamoasining yangi bosh murabbiyiga aylanadi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Italiyalik murabbiy va «Oltin to‘p–2006» sovrindori Fabio Kannavaro O‘zbekiston milliy terma jamoasining bosh murabbiyi etib tayinlanadi. Bu haqda mashhur futbol insayderi Fabritsio Romano xabar berdi.
Uning maʼlumoticha, Kannavaro og‘zaki tarzda jamoani 2026 yilgi Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida boshqarishga rozilik bildirgan.
«Shartnomaning asosiy shartlari bo‘yicha kelishuvga erishilgan, rasmiy hujjatlar 24–48 soat ichida imzolanishi kutilmoqda», — dedi Romano.
Avvalroq Kannavaro Xorvatiyaning “Dinamo” Zagreb, shuningdek Italiyaning “Udineze” va “Benevento” klublarida faoliyat yuritgan. Osiyoda esa u Xitoyning “Guanchjou”, «Tyanszin Syuanszyan», «Guanchjou Evergrand» klublarini, Xitoy terma jamoasini, shuningdek Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” va “Al-Nasr” klublarini boshqargan.
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston terma jamoasini Temur Kapadze boshqarib kelmoqda. 2026 yilgi Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi va ilk bor 48 ta jamoani jamlaydi.
Taʼkidlash joizki, O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor Jahon chempionati final bosqichiga yo‘llanma oldi.