Valyuta kurslari 08/10/2025
$1 – 12038.68
UZS – 0,13%
€1 – 14044.32
UZS – 0,13%
₽1 – 146.62
UZS – 1,29%
Qidirish
Fabio Kannavaro: «Hatto do‘stona o‘yin ham maksimal tayyorgarlikni talab qiladi»

Fabio Kannavaro: «Hatto do‘stona o‘yin ham maksimal tayyorgarlikni talab qiladi»

Fabio Kannavaro: «Hatto do‘stona o‘yin ham maksimal tayyorgarlikni talab qiladi»

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Kuvaytga qarshi do‘stona uchrashuv oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Ushbu o‘yin Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

Italiyalik mutaxassisning taʼkidlashicha, har bir o‘yin jiddiy sinov hisoblanadi. «Hech qachon tayyor bo‘lmagan holda maydonga tusha olmaysiz. Shu sabab doimo futbolchilarga maksimal tayyorgarlik ko‘rish kerakligini ta’kidlayman», — dedi Kannavaro.

Uning so‘zlariga ko‘ra, joriy yig‘in davomida chaqirilgan futbolchilar ikki o‘yinda ham sinovdan o‘tkaziladi, bu jarayonda jamoa hujumkor uslubga sodiq qoladi, ammo butun 90 daqiqa davomida to‘xtovsiz hujum qilish rejalashtirilmagan.

Murabbiy taʼkidlashicha, ayrim futbolchilar uning tashabbusisiz chaqirilgan bo‘lsa-da, hozirgi tarkibda o‘zining eng yaxshi sport formasidagi futbolchilar jamlangan. «Biz murabbiylar shtabi bilan birgalikda o‘yin haqida muhokama qilamiz, bugun futbolchilar bilan ham gaplashamiz. Kim tayyor bo‘lsa, albatta, maydonga tushadi. Barcha uchrashuvlarni ko‘rib chiqdim va Turg‘unboyev hamda Eshmurodovni tarkibga chaqirish kerakligini aytib o‘tdim. Terma jamoa har bir futbolchilar orzusi. Afsuski, tarkibda ikki nafar futbolchimiz ham jarohat oldi», — dedi Kannavaro.

Italiyalik mutaxassis mahalliy murabbiylar bilan hamkorlik haqida ham fikr bildirdi. «Timur Kapadze bilan birgalikda ish olib boryapmiz, o‘yin falsafalarimiz o‘xshash. U o‘zbek futboli ulkan tajribaga ega. Menda mahalliy mutaxassis bilan ishlash borasida hech qanday muammo yo‘q. Balki shtabga yana boshqa mahalliy mutaxassislarni ham jalb etishimiz mumkin», — dedi Kannavaro.

Uning qo‘shimcha qilishicha, u uchun asosiy narsa — maydondagi 11 nafar futbolchining o‘yinni to‘liq anglab yetishi: «Taktik uslublar bu shunchaki raqamlar xolos. Uch markaziy himoyachi bilan o‘ynash himoyaviy ko‘rinsa-da, aslida hujum boshlashda tezkorlikka erishishga imkon beradi. Men uchun muhimi — maydondagi 11 futbolchi bir-birini qanchalik tushuna olishi. Faoliyatim davomida buyuk murabbiylar bilan ishladim, ulardan ko‘p narsa o‘rgandim».

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling