Expo 2025 ko‘rgazmasidagi O‘zbekiston paviloni nufuzli Red Dot: Best of the Best mukofotiga sazovor bo‘ldi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston pavilioni Expo 2025 Osaka, Kansai xalqaro ko‘rgazmasida "Ko‘rgazma stendlari" nominatsiyasi bo‘yicha dunyoning eng nufuzli mukofotlaridan biri — Red Dot Award: Brands & Communication Design tanlovida Red Dot: Best of the Best mukofoti bilan taqdirlandi.
Red Dot Award — bu dizayn va kommunikatsiya sohasida dunyo miqyosida tan olingan yetakchi mukofotlardan biridir. Turli yillarda ushbu e’tirofga Apple, Ferrari, Philips, LG kabi global brendlar va sanoat yetakchilari sazovor bo‘lib, ular bugungi kunda jahon dizayni va brending standartlarini shakllantirmoqda.
Bugun esa ushbu faxriy ro‘yxatga O‘zbekiston pavilioni ham qo‘shildi — xalqaro sahnada mamlakatimizning madaniy merosi, ochiqligi va zamonaviy taraqqiyotini ifodalovchi noyob loyiha sifatida e’tirof etildi.