Valyuta kurslari 03/06/2025
$1 – 12834.61
UZS – 0,35%
€1 – 14662.26
UZS – 1,21%
₽1 – 162.65
UZS – 0,03%
Qidirish
O‘zbekiston 18/05/2025 “Estelle” go‘zallik saloniga mijozning yuz terisini kuydirib qo‘ygani uchun tegishli chora ko‘rildi

“Estelle” go‘zallik saloniga mijozning yuz terisini kuydirib qo‘ygani uchun tegishli chora ko‘rildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqobat qo‘mitasiga fuqarodan “ENVIRON PG” MCHJga tegishli “Estelle” go‘zallik salonida amalga oshirilgan “sariq piling” natijasida uning yuz terisining asosiy qismi (taxminan 80 foizi) qattiq kimyoviy ko‘yishga uchraganligi va bu holat og‘ir davolash jarayoni hamda moliyaviy yuklamalarga sabab bo‘lganligi haqida murojaat kelib tushgan.

Qo‘mita tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish va tahlil ishlari natijasida qator qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Xususan:

“Estelle” go‘zallik saloni tomonidan tibbiy litsenziya talab qilinadigan kosmetologik xizmatlar hech qanday tegishli ruxsatnomalarsiz amalga oshirilgani;

Piling xizmati ko‘rsatgan xodimning oliy tibbiy maʼlumotga egaligi tasdiqlanmagani;

Ko‘rsatilgan protseduralar belgilangan sifat va xavfsizlik standartlariga javob bermasligi maʼlum bo‘ldi.

Jabrlanuvchi ko‘rgan og‘ir oqibatlar va “Estelle” go‘zallik saloni faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 190-moddasi — litsenziya yoki boshqa ruxsatnoma talab qilinadigan faoliyatni tegishli hujjatlarsiz amalga oshirish alomatlari mavjudligi inobatga olingan holda, Qo‘mita tomonidan to‘plangan hujjatlar belgilangan tartibda huquqiy baho berilishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yuborildi.

Shu o‘rinda, Raqobat qo‘mitasi eslatib o‘tadiki, tibbiy litsenziyasiz tibbiy xizmatlarni, xususan kimyoviy piling kabi murakkab kosmetologik protseduralarni amalga oshirish nafaqat qonunbuzarlik, balki isteʼmolchilar sog‘lig‘i va xavfsizligiga nisbatan masʼuliyatsiz munosabat sifatida baholanadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling