Valyuta kurslari 22/09/2025
$1 – 12349.87
UZS – 0,29%
€1 – 14524.68
UZS – -0,38%
₽1 – 148.15
UZS – -0,07%
Qidirish
Eronning ipakchilik markazi – Gilon viloyati bilan hamkorlik yo'lga qo'yiladi

Eronning ipakchilik markazi – Gilon viloyati bilan hamkorlik yo'lga qo'yiladi

Eronning ipakchilik markazi – Gilon viloyati bilan hamkorlik yo'lga qo'yiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekiston elchisi Fariddin Nasriyev va "O'zbekipaksanoat" uyushmasi raisi Ikrom Sayfullayev boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi Eronning Gilon viloyati Rasht shahriga tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Safar davomida Gilon Savdo-sanoat, konchilik va qishloq xo'jaligi palatasi raisi Somon Nazariy va viloyatning yetakchi ishbilarmon doira vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Unda ikki mamlakat o'rtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va turizm sohalarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

O'zbekiston Prezidenti rahbarligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, xorijiy tadbirkorlar va salohiyatli investorlar uchun yaratib berilgan imkoniyatlar haqda ma'lumot berildi.

O'z navbatida, Gilon viloyati Eronning qishloq xo'jaligi, xususan, ipakchilik sohasida yetakchi markazlarida biri ekanligi hamda Eronning ipakchilik markazi va ipakchilik tadqiqotlari markazi ushbu hududda joylashgani qayd etildi.

Mazkur yo'nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish maqsadida biznes delegatsiyalarning o'zaro safarlarini tashkil etish taklifi qo'llab-quvvatlandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling