Valyuta kurslari 30/09/2025
$1 – 12067.76
UZS – -0,58%
€1 – 14141.00
UZS – -0,25%
₽1 – 145.64
UZS – 0,19%
Qidirish
“Eron-O‘zbekiston” parlamentlararo guruhi doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi

“Eron-O‘zbekiston” parlamentlararo guruhi doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi

“Eron-O‘zbekiston” parlamentlararo guruhi doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Eron islomiy kengash majlisi deputati va “Eron-O‘zbekiston” parlamentlararo do‘stlik guruhi raisi Javad Nikbin bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Javad Nikbin O‘zbekistonda so‘nggi yillardagi ijobiy o‘zgarishlar, keng ko‘lamli islohotlar, Prezidentimizning xalqaro maydondagi oqilona siyosati tufayli mintaqamizdagi do‘stona muhit rivojlanayotganligi  alohida eʼtirof etdi.

Shuningdek, tomonlar ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi va saʼy-harakatlari asosida so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Eron o‘rtasida ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlari jadal rivojlanib, yangi bosqichga ko‘tarilgani alohida taʼkidladi.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlikni yanada faollashtirish va parlamentlararo aloqalarni mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratildi. So‘nggi yillarda parlamentlararo aloqalar faollashgani, parlament rahbarlarining muntazam muloqoti va o‘zaro tashriflari ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qilayotgani taʼkidlandi.

Uchrashuvda xavfsizlik, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport va turizm sohalarida hamkorlikni kengaytirish hamda mazkur sohalarda davlat rahbarlari va hukumatlar o‘rtasida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishini qatʼiy parlament nazoratiga olish muhimligi  taʼkidlandi.

Shu bilan birga, Eron bilan tibbiyot, nanotexnologiya yo‘nalishlarida tajriba almashish, O‘zbekistonning dengizga chiqishi yo‘lida Eron  portlaridan foydalanish imkoniyatlari haqida ham fikr almashildi.

O‘zbekiston va Eron viloyatlari o‘rtasida madaniy-gumanitar, iqtisodiy-ijtimoiy yo‘nalishlarda hududlararo aloqalarni yo‘lga quyish  masalalari ham muhokama etildi.

Uchrashuv yakunida istiqboldagi rejalar va loyihalarni hayotga tatbiq etishda hamkorlik rishtalarini yana-da mustahkamlashga kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling