Eron delegatsiyasi Chirchiq kimyo sanoati texnoparkiga tashrif buyurdi
Eron delegatsiyasi Chirchiq kimyo sanoati texnoparkiga tashrif buyurdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — "Chirchiq" texnoparkiga "Mozandaron" erkin iqtisodiy zonasi (Mazandaran Free Zone) bosh direktori va direktorlar kengashi raisi Amin Ofog‘i, eronlik tadbirkorlar, shuningdek, Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi vakillaridan iborat Eron delegatsiyasi amaliy tashrif bilan keldi.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad maxsus iqtisodiy zonalarni boshqarish va rivojlantirish sohasida tajriba almashish, shuningdek, ikki tomonlama sanoat va investitsiyaviy hamkorlik uchun aniq imkoniyatlarni o‘rganishdan iborat bo‘ldi.
Texnopark rahbariyati va mutaxassislari mehmonlar uchun taqdimot o‘tkazib, ularni sanoat maydonining afzalliklari, soliq va bojxona imtiyozlari va preferensiyalari bilan tanishtirdi.
Tashrif davomida delegatsiya a’zolari texnopark hududida joylashgan mavjud korxonalarda bo‘lib, biznes yuritish uchun yaratilgan shart-sharoitlar va sanoatning rivojlanish darajasini bilan tanishdi.
Bunday amaliy uchrashuvlar xalqaro iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga katta hissa qo‘shadi va investitsiyalarni jalb qilish uchun yangi istiqbollarni ochadi.