Valyuta kurslari 27/11/2025
$1 – 11881.60
UZS – -0,46%
€1 – 13749.39
UZS – -0,14%
₽1 – 151.05
UZS – -0,34%
Qidirish
“Enterprise Uzbekistan” raqamli texnologiyalar markazi faoliyati tashkil etiladi

“Enterprise Uzbekistan” raqamli texnologiyalar markazi faoliyati tashkil etiladi

“Enterprise Uzbekistan” raqamli texnologiyalar markazi faoliyati tashkil etiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, ushbu Farmonning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

IT sohasiga investitsiyalarni keng jalb qilish hamda xalqaro darajada raqobatbardosh va jozibador ekotizimni shakllantirish;

raqamli yechimlar va innovatsiyalar bo‘yicha ilg‘or mahalliy kompaniyalar faoliyatini rag‘batlantirish va malakali kadrlar tayyorlash.

“Enterprise Uzbekistan” raqamli texnologiyalar xalqaro markazi (Markaz) tashkil etilgan.

Farmonga ko‘ra, Markaz hududida quyidagi faoliyat turlariga ruxsat etiladi, jumladan:

dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, raqamli texnologiyalar sohasida konsalting va autstaffing xizmatlarini ko‘rsatish;

raqamli texnologiyalardan foydalangan holda autsorsing asosida masofaviy xizmatlar ko‘rsatish, shu jumladan, biznes jarayonlar autsorsingi (VRO);

video o‘yinlar (GameDev) yaratish, ular uchun raqamli kontent ishlab chiqish, jumladan, grafik dizayn, video va audiokontent yaratish va tahrirlash;

sunʼiy intellekt texnologiyalarini yaratish va rivojlantirish.

Markaz Angliya va Uels umumiy huquq normalari va prinsiplariga yoki yetakchi xalqaro moliya markazlari standartlariga asoslangan maxsus huquqiy rejimga ega alohida hudud sifatida eʼtirof etiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling