Valyuta kurslari 28/11/2025
$1 – 11902.30
UZS – 0,17%
€1 – 13780.48
UZS – 0,23%
₽1 – 152.18
UZS – 0,75%
Qidirish
“Eng yaxshi ixtiro” nominatsiyasi bo‘yicha respublika tanlovi o‘tkazib boriladi

“Eng yaxshi ixtiro” nominatsiyasi bo‘yicha respublika tanlovi o‘tkazib boriladi

“Eng yaxshi ixtiro” nominatsiyasi bo‘yicha respublika tanlovi o‘tkazib boriladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev intellektual mulkni rivojlantirish va tegishli jarayonlarni raqamlashtirish bo'yicha yangi chora-tadbirlarni tasdiqladi, bu innovatsiyalarning huquqiy himoyasini kuchaytirish va biznesni rag'batlantirishga qaratilgan.

 2026 yil 1 martdan Tadbirkorlarning barqarorlik reytingini aniqlashda intellektual mulkka oid huquqbuzarliklar uchun sud tomonidan javobgarlik choralari qo‘llangani reyting ballarini kamaytiruvchi hamda tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilariga ega bo‘lish qo‘shimcha ball beruvchi ko‘rsatkich hisoblanadi;

intellektual mulk obyektlariga doir muhofaza hujjatlari (guvohnoma, patent) dublikati to‘lov asosida onlayn shaklda beriladi.

Shuningdek, “Intellektual mulk sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishonini taʼsis etiladi.

Intellektual mulk obyektlarini boshqarish bo‘yicha quyidagilarda oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yiladi:

2026/2027 o‘quv yilidan – O‘zbekiston milliy universitetida;

2029/2030 o‘quv yiligacha kamida 4 ta oliy taʼlim muassasasida.

2026 yildan har yili “Eng yaxshi ixtiro”, “Eng yaxshi foydali model”, “Eng yaxshi sanoat namunasi”, “Eng yaxshi EHM uchun dastur va maʼlumotlar bazasi” hamda “Eng yaxshi seleksiya yutug‘i” nominatsiyalari bo‘yicha respublika tanlovi o‘tkazib boriladi.

Tanlovning har bir nominatsiyasi bo‘yicha 1, 2 va 3-o‘rin g‘oliblariga BHMning 150, 125 va 100 baravari miqdorida mukofot puli beriladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling