Valyuta kurslari 18/11/2025
$1 – 12009.92
UZS – -0,25%
€1 – 13933.91
UZS – -0,42%
₽1 – 147.80
UZS – -0,92%
Qidirish
Energetika vazirligida Afg‘onistonning “DABS” kompaniyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Energetika vazirligida Afg‘onistonning “DABS” kompaniyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Energetika vazirligida Afg‘onistonning “DABS” kompaniyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 17-noyabr kuni Toshkentda Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va Afg‘onistonning “DABS” kompaniyasi bosh direktori Abdul Bori Umar boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda shuningdek, O‘zbekiston energetika kompaniyalari rahbariyati va mas’ullari ishtirok etdi.

Uchrashuvda joriy yilning sentyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 80-sessiyasida hamda kuni kecha Toshkentda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvidagi nutqlari qo‘shni Afg‘oniston xalqi farovonligi va iqtisodiyotining rivoji haqidagi tashabbuslari ikki davlat hamkorligini yanada mustahkamlashga xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi.

Bu borada O‘zbekiston-Afg‘oniston o‘rtasida energetika sohasida ham yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. Xususan, Afg‘oniston hududida qurilayotgan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari va podstansiyalarining joriy holati hamda ushbu ishlarni yanada jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv so‘nggida 2026-yil uchun elektr energiyasini yetkazib berish bo‘yicha tegishli shartnoma imzolandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling