Valyuta kurslari 02/03/2026
$1 – 12172.18
UZS – 0,29%
€1 – 14357.09
UZS – 0,27%
₽1 – 157.45
UZS – -0,16%
Qidirish
Endilikda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin

Endilikda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin

Endilikda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Adliya vazirligi Yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish va rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

Mazkur hujjat bilan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasining elektron shakli bojxona organlarining axborot tizimida mobil ilova orqali avtomatik ravishda shakllanishi belgilanmoqda.

Fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida aniqlangan texnik xato va kamchiliklar bojxona xodimi tomonidan tuzatilishi mumkinligi qayd etilmoqda.

Tovar (buyum) 16 yoshga to‘lmagan shaxslarga tegishli bo‘lgan hollarda Yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasining «tovar nomi» va «buyum nomi» ustunlarida buyum (tovar) egasining pasport (ID karta) raqami ham ko‘rsatilishi lozim.

Mobil qurilmalar tovarlarni olib kirishning bojxona to‘lovlari undirilmaydigan cheklangan meʼyorlardan qatʼiy nazar deklaratsiyalanishi belgilanmoqda (bundan Tizim operatori bazasida ro‘yxatga olingan va O‘zbekiston hududida sotib olingan mobil qurilmalar mustasno).

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling