Elektr energiyasini saqlash tizimini qurish orqali energetika xavfsizligi taʼminlanadi
Elektr energiyasini saqlash tizimini qurish orqali energetika xavfsizligi taʼminlanadi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Toshkent viloyati Zangiota tumanida quvvati 150 MVt (300 MVt soat) bo‘lgan elektr energiyasini saqlash tizimini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
“EAGLERISE DEVELOPMENT HK COMPANY LIMITED” (XXR) kompaniyasi tomonidan “Toshkent viloyati Zangiota tumanida quvvati 150 MVt (300 MVt soat) bo‘lgan elektr energiyasini saqlash tizimini qurish” investitsiya loyihasi doirasida “Mega Energy Power TECH” MCHJ (Loyiha kompaniyasi) taʼsis etilgan.
Qarorga ko‘ra, Loyiha kompaniyasi o‘z zimmasiga elektr energiyasini saqlash tizimi foydalanishga kafolatlangan tarzda tayyor turishini taʼminlash majburiyatini oladi.
Loyiha kompaniyasi Loyiha doirasida elektr stansiyasini yagona elektr energiyasi tarmog‘iga ulash uchun elektr uzatish tarmoqlari va podstansiya quradi hamda ishga tushirilgandan so‘ng ularni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga topshiradi.
Elektr energiyasini saqlash tizimini qurish bilan bog‘liq qurilish va yer ishlarini bajarish, bino va inshootlar poydevorlarini loyihalashtirish normalari va qoidalari Bitimlarga muvofiq xalqaro standartlar bilan tartibga solinadi.