Valyuta kurslari 07/01/2026
$1 – 11968.59
UZS – 0,14%
€1 – 14020.01
UZS – 0,4%
₽1 – 147.74
UZS – -0,05%
Qidirish
Elektr energetikasi tizimida texnologik buzilishlarni tekshirish tartibi belgilandi

Elektr energetikasi tizimida texnologik buzilishlarni tekshirish tartibi belgilandi

Elektr energetikasi tizimida texnologik buzilishlarni tekshirish tartibi belgilandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Hukumat qarori bilan “Elektr energetikasi tizimida texnologik buzilishlarni tekshirish va hisobga olish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, elektr energetikasi tizimi ishlashining quyidagi texnologik buzilishlari majburiy ravishda tekshirilishi va hisobga olinishi shart:

elektr qurilmalarining ekspluatatsiya davrida, shuningdek, rejali taʼmirlash, profilaktika ko‘rigi va sinovlar jarayonida aniqlangan shikastlanish holatlari;

elektr qurilmalari va ularning elementlarini ishdan chiqargan, texnik (texnologik) holat parametrlarining ruxsat etilmagan darajada chetga chiqishi;

isteʼmolchilarga elektr energiyasini qisman yoki to‘liq rejalashtirilmagan holda yetkazib berishning to‘xtatilishi.

Texnologik buzilish holatlari xususiyati va oqibatining og‘irligiga qarab, avariyalar, I va II darajadagi ishdan chiqishlarga bo‘linadi.

Texnologik buzilishlarning tekshiruvi ular aniqlangan zahoti boshlanib, 10 kun ichida yakunlanishi lozim.

Elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi, saqlovchi, uzatuvchi va taqsimlovchi korxonada hamda unga tegishli elektr tarmoqlarida sodir bo‘lgan barcha texnologik buzilishlar ushbu elektr energetikasi obyekti tomonidan hisobga olinadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling