Valyuta kurslari 29/09/2025
$1 – 12138.67
UZS – -0,5%
€1 – 14176.75
UZS – -1,06%
₽1 – 145.36
UZS – -0,5%
Qidirish
Eldor Shomurodov mavsumdagi uchinchi golini urdi, ammo «Istanbul Bashakshexir» “Konyaspor”ga mag‘lub bo‘ldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Turkiya Superligasida gollari bilan muxlislarni hayratda qoldirishda davom etmoqda.

“Konyaspor” va «Istanbul Bashakshexir» o‘rtasidagi bahsda o‘zbek jamoasi sardori mavsumdagi uchinchi golini urdi. Shomurodov raqibning markaziy maydonida to‘pni qabul qilib, himoya chizig‘ini yirib o‘tdi va darvozabonni ortda qoldirib, aniq zarba yo‘lladi.

Biroq bu gol «Istanbul Bashakshexir»ni mag‘lubiyatdan asrab qolmadi — uchrashuv 1:2 hisobi bilan “Konyaspor” foydasiga yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limda jamoa murabbiylari maydon markazini mustahkamlash maqsadida 64-daqiqada O‘zbekiston terma jamoasi yarimhimoyachisi Abbosbek Fayzullayevni maydonga tushirishdi.

Olti turdan keyin «Istanbul Bashakshexir» olti ochko to‘plab, Turkiya Superligasi jadvalida 12-o‘rinni egallab turibdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling