Valyuta kurslari 16/09/2025
$1 – 12344.61
UZS – -0,66%
€1 – 14501.21
UZS – -0,45%
₽1 – 149.70
UZS – 1,86%
Qidirish
“Eksport uch qadamda” tizimi temir yo‘lda ham to‘liq joriy etildi

“Eksport uch qadamda” tizimi temir yo‘lda ham to‘liq joriy etildi

“Eksport uch qadamda” tizimi temir yo‘lda ham to‘liq joriy etildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bu tizim hozirgacha sinov tarzida qo‘llanib, samarali ishlayotgani amalda isbotlandi. Joriy yilning 8 oyi davomida temir yo‘l orqali chiqarilgan eksport deklaratsiyalarining 5 foizi aynan shu tizim orqali rasmiylashtirildi.

Avval 9 bosqichdan iborat bo‘lgan eksport jarayonlari endi 3 bosqichgacha qisqaradi. Bu tadbirkorlarga bojxona brokerlik xizmatlari uchun har yili sarflanadigan 15–20 mlrd so‘mgacha xarajatni tejash imkonini beradi.

Tizim eksport shartnomasi asosida bojxona yuk deklaratsiyasi va invoys hujjatlarini avtomatik shakllantiradi, axborotlarning to‘g‘ri va bir xil bo‘lishini ta’minlaydi.

Tovarlar bojxona chegarasini kesib o‘tganida tegishli ma’lumotlar soliq va boshqa idoralarga onlayn uzatiladi.

2025-yilning 8 oyida temir yo‘l orqali harakatlangan yukli vagonlar soni 516,4 mingdan oshdi — bu o‘tgan yilga nisbatan 12% ko‘p.

Mamlakatda tashqi savdo yuklarining asosiy qismi temir yo‘lda tashilayotganini inobatga olsak, ushbu tizim orqali eksport hajmlari yanada oshishi kutilmoqda.

“Eksport uch qadamda” tizimi avval 2024-yil 25-martdan avtotransport, 10-fevraldan aviatransportda joriy etilgan edi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling