Ekologik toza hududlar maqomi to'g'risidagi qonun loyihasi birinchi o'qishda qabul qilindi
Ekologik toza hududlar maqomi to'g'risidagi qonun loyihasi birinchi o'qishda qabul qilindi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Majlisda ekologik toza hududlarning maqomini belgilash, plastik mahsulotlarning muomalasini tartibga solishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda obdon muhokama qilindi.
Ushbu qonun loyihasi ekologik tizimlarni, tabiat obyektlarini asrash, saqlab qolish va himoyasini kuchaytirish, tabiiy obyekt va majmualar degradatsiyasining oldini olishga qaratilgan.
Qonun loyihasida toza hudud rejimi amal qiladigan hududlarda ekologik tizimlar barqarorligining buzilishi va tabiiy landshaftlar ko‘rinishining o‘zgartirilishiga olib keladigan ishlarni amalga oshirishni taqiqlash ko‘zda tutilmoqda.
Shuningdek, tabiiy organik polimer mahsulotlardan tashqari bir martalik plastik mahsulotlarni muomalada bo‘lishini cheklash belgilanmoqda. Bundan tashqari, polietilen polimer plyonkali paketlarning atrof-muhitga ta’sirini kamaytirishga qaratilgan normalar belgilanmoqda.
Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.