Valyuta kurslari 23/06/2025
$1 – 12496.94
UZS – -0,5%
€1 – 14405.22
UZS – -0,05%
₽1 – 159.38
UZS – -0,49%
Qidirish
Iqtisod 10/04/2025 EIB O'zbekistondagi avtomobil va tezyurar temir yo'l loyihalariga qiziqish bildirmoqda

EIB O'zbekistondagi avtomobil va tezyurar temir yo'l loyihalariga qiziqish bildirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Transport vaziri o‘rinbosari Ilhomjon Abdugafarov Yevropa Investitsiyalar Banki (YEIB)ning kreditlash masalalari bo‘yicha vakili Dilara Alp bilan uchrashdi.

Uchrashuvda mamlakatimiz transport infratuzilmasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va istiqboldagi loyihalar yuzasidan fikr almashildi.

Xususan, Toshkent – Samarqand, Toshkent – Andijon pulli avtomobil yo‘llarini qurish hamda “Toshkent – Samarqand” yo‘nalishida yuqori tezlikdagi alohida yo‘lovchi tashish temir yo‘lini qurish loyihasi to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Uchrashuvda D.Alp xonim bugungi kunda YEIB asosan mahalliy banklarga kredit liniyalarini ochish orqali loyihalarni moliyalashtirishga ahamiyat qaratayotganini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, bank rahbariyati va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida 2024-yilda imzolangan Memorandumga muvofiq yuqorida qayd etilgan loyihalarga ham katta qiziqish bildirilayotganini ma’lum qildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar transport va logistika sohasida faoliyat yuritib kelayotgan kompaniyalarga o‘z faoliyatini kengaytirish maqsadida YEIB tomonidan taqdim etiladigan kredit liniyalari shartlari va muddatlari to‘g‘risida ma’lumotlarni yetkazishga kelishib oldi.

 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling