Valyuta kurslari 13/06/2025
$1 – 12705.79
UZS – 0,47%
€1 – 14704.41
UZS – 1,68%
₽1 – 159.20
UZS – -1,04%
Qidirish
Iqtisod 14/06/2025 Eagle Rise va “O‘zelektroapparat-Electroshield” yuqori voltli transformatorlardagi hamkorlikni muhokama qilishdi

Eagle Rise va “O‘zelektroapparat-Electroshield” yuqori voltli transformatorlardagi hamkorlikni muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahridagi “O‘zelektroapparat-Electroshield” korxonasida Xitoyning “Eagle Rise” kompaniyasi raisi JunCheng Xiao boshchiligidagi delegatsiya ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda ikki tomon vakillari – “Eagle Rise” kompaniyasi delegatsiyasi, “O‘zelektroapparat-Electroshield” rahbariyati hamda “O‘zeltexsanoat” uyushmasi mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Tomonlar uchrashuv davomida yuqori kuchlanishli transformatorlar ishlab chiqarish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Xitoy kompaniyasi o‘z navbatida 5G texnologiyasi asosidagi raqamli boshqaruv tizimlari va zamonaviy ishlab chiqarish usullarini joriy qilish borasidagi tajribasini taqdim etdi.

“Eagle Rise” kompaniyasi 1999-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda Xitoy, AQSh, Meksika, Tailand va Malayziyada joylashgan 14 ta ishlab chiqarish bazasida 5000 nafarga yaqin xodim faoliyat yuritadi. Kompaniya, shuningdek, O‘zbekistonda muqobil energetika sohasida faoliyat yuritayotgan “Mega Energy” kompaniyasining ta’sischisi hisoblanadi. Ayni paytda ushbu kompaniya tomonidan yurtimizda 150 MW quvvatga ega energiya saqlash tizimi (BESS) qurilishi loyihasi amalga oshirilmoqda.

Ushbu uchrashuv ikki mamlakat sanoat sohasidagi strategik hamkorlikni kengaytirish yo‘lida navbatdagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling