Valyuta kurslari 23/02/2026
$1 – 12212.79
UZS – 0,36%
€1 – 14411.09
UZS – 0,36%
₽1 – 159.52
UZS – 0,36%
Qidirish
“E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish tartibi tasdiqlandi

“E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish tartibi tasdiqlandi

“E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish tartibi tasdiqlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Hukumat qarori bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi Sud ekspertizasini o‘tkazishda elektron axborot tizimlari orqali hujjatlar almashinuvini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi:

elektron axborot tizimlari orqali hujjatlar almashinuvini tashkil etish;

sud ekspertizasini tayinlash va ish materiallarini yuborish;

elektron axborot tizimlari orqali so‘rovlarni qabul qilish va tadqiqotlarni o‘tkazish;

elektron axborot tizimlari orqali hujjatlar aylanishi tartibi va muddatlari;

ekspertiza tadqiqotlari yakuniga ko‘ra xulosa tayyorlash va uni elektron axborot tizimlari orqali yuborish tartibi.

Maʼlumot uchun, Prezidentning 2025 yil 8 sentyabrdagi PQ–270-son qaroriga asosan “E-ekspertiza” platformasini ekspertiza tayinlovchi organlarning axborot tizimlari bilan to‘liq integratsiya qilish orqali ekspertiza tayinlovchi organlar va sud-ekspertiza tashkilotlari o‘rtasida o‘zaro elektron axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish qayd etilgan.

Ushbu Nizomga ko‘ra, ekspertiza tayinlovchi organlar va sud-ekspertiza tashkilotlari ekspertizani tayinlash to‘g‘risidagi qaror (ajrim) va ish materiallari “E-ekspertiza” platformasi orqali yuborilmagan taqdirda, bunday qaror (ajrim) asosida sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan ekspertiza o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmasligi nazarda tutildi.

Shuningdek, Nizomga asosan elektron axborot tizimlari orqali kelib tushgan hujjatlarni ekspertiza tayinlovchi organga qaytarish asoslari belgilandi.

Bundan tashqari, “E-ekspertiza” platformasida shartnoma asosida to‘lov amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ish materiallari yuzasidan elektron to‘lov qilish imkoniyatlari yaratiladi.

Shu bilan birga, ekspertiza tayinlovchi organ (shaxs) o‘zi tomonidan tayinlagan ekspertizaning ijro holatini axborot tizimlari orqali onlayn kuzatib boradi.

Mazkur Hukumat qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar ham kiritildi.

Taʼkidlash lozimki, mazkur Qaror sud ekspertizalarini o‘tkazishga sarflanadigan vaqtni keskin qisqartirilishiga, sud ekspertiza xulosalarini rasmiylashtirishda ortiqcha qog‘ozbozlik, pochta xarajatlari va byurokratik holatlarga barham berilishiga, sud ekspertiza sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanilishiga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling