Valyuta kurslari 04/08/2025
$1 – 12725.16
UZS – 0,26%
€1 – 14507.95
UZS – -0,02%
₽1 – 158.65
UZS – 0,13%
Qidirish
O‘zbekiston 04/07/2025 DXX: Xorazmda 15 ming AQSH dollari talab qilgan sudyaning noqonuniy harakatlari fosh etildi

DXX: Xorazmda 15 ming AQSH dollari talab qilgan sudyaning noqonuniy harakatlari fosh etildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiariq tuman sudining tergov sudyasi Urganch shahrida yashovchi fuqaroga nisbatan JIB Tuproqqalʼa tuman sudida ko‘rilayotgan, Jinoyat Kodeksining 210-moddasi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini vakolatli hamkasblari orqali uning foydasiga hal qilib, oqlov hukmini chiqartirib berish evaziga 15 ming AQSH dollari talab qiladi.

Shundan so‘ng, tergov sudyasi 2 ming AQSH dollarini naqd pulda va 24 mln. so‘mni esa plastik karta orqali oladi.

Ammo, bergan vaʼdasining ustidan chiqmagan sudya muqaddam olgan pullarini qaytarayotgan vaqtida DXX, Oliy sud va Bosh prokuratura xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Hozirda Bosh prokuratura tomonidan unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 211-moddasi bilan jinoyat ishi ko‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling