DXX va IIV xodimlari tomonidan “Navoiy” nazorat-o‘tkazish punkti orqali yirik hajmdagi sintetik giyohvandlik vositalarini olib o‘tishga urinishning oldi olindi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qozog‘iston Respublikasidan mamlakatimizga Toshkent viloyatidagi “Navoiy” chegara bojxona posti orqali kirib kelgan Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi, 1983 va 1988 yillarda tug‘ilgan 2 nafar fuqaroga tegishli tibbiy uskunalar ko‘zdan kechirildi. Natijada ushbu uskunalar ichiga yashirilgan, umumiy bahosi 1 million AQSH dollariga teng bo‘lgan 4,206 kg “Mefedron” hamda 3,970 kg “Alʼfa-PVP” sintetik giyohvandlik vositalari borligi aniqlandi.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur ishga aloqador bo‘lgan Toshkent shahri va viloyatida yashovchi, 1992, 1993, 1995 hamda 2000 yillarda tug‘ilgan 5 nafar fuqaro ham qo‘lga olindi.
Maʼlum bo‘lishicha, ular “Telegram” messenjeri orqali narkotik moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi Rossiya Federatsiyasi fuqarosi ko‘rsatmalarini bajarib kelishgan.
“Navoiy” chegara bojxona postida fosh etilgan boshqa holatda esa, 1980 y.t. Qirg‘iz Respublikasi fuqarosi tomonidan aravakash sifatida yollangan shaxs Qozog‘iston Respublikasidan mamlakatimizga gaz plitasini olib kirgan vaqtida to‘xtatilib tekshirildi. Natijada, gaz plitasi ichida 1,985 kg “Alʼfa-PVP” sintetik narkotik moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu giyohvandlik vositasini qabul qilib olgan vaqtida Toshkent shahrida yashovchi, 2006 y.t. shaxs ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda har ikki holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246 va 273-moddala