DXX va IIV Chortoq tumanida qalbaki pullarni muomalaga kiritishga urinishning oldini oldi
DXX va IIV Chortoq tumanida qalbaki pullarni muomalaga kiritishga urinishning oldini oldi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida Namangan viloyatining Chortoq tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qalbaki banknotlarni muomalaga kiritish holatiga chek qo‘yildi.
Xususan, Andijon viloyatining Asaka tumanida istiqomat qiluvchi, 2005 y.t. shaxs “shartli xaridor”ga 200 dona 100 ming so‘mlik va 125 dona 200 ming so‘mlik kupyuradagi qalbaki 45 mln so‘mni 18 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlandi.
Shuningdek, uning yonidan qo‘shimcha 100 ming so‘mlik kupyuradagi 5 mln so‘m miqdoridagi qalbaki pullar ham olindi.
Bundan tashqari, uning yashash xonadonidan noutbuk, rangli printer va bo‘yoqlar hamda qog‘ozlar ashyoviy dalil sifatida olindi.
Taʼkidlash lozimki, mazkur fuqaro muqaddam aynan shunday jinoyatni sodir etganligi uchun sudlangan shaxs hisoblanadi.
Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 176-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.