Valyuta kurslari 20/02/2026
$1 – 12169.41
UZS – 0,3%
€1 – 14359.90
UZS – -0,0%
₽1 – 158.95
UZS – -0,09%
Qidirish
Dubayda o‘tgan V Yoshlar Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi peshqadamlik qilmoqda

Dubayda o‘tgan V Yoshlar Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi peshqadamlik qilmoqda

Dubayda o‘tgan V Yoshlar Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi peshqadamlik qilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Dubay shahrida V Yoshlar Paraosiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda va O‘zbekiston terma jamoasi dastlabki medallarini qo‘lga kiritib, umumjamoaviy medallar hisobida peshqadamlikka chiqdi.

Hozirgi vaqtga qadar yurtimiz sportchilari jami 40 ta medalni qo‘lga kiritdi: 19 ta oltin, 13 ta kumush va 8 ta bronza.

Ikkinchi o‘rinda — Eron, ular 16 ta oltin, 17 ta kumush va 20 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan. Uchinchi o‘rinni esa Qirg‘iziston 7 ta oltin medal bilan egallab turibdi.

Para pauerlifting bo‘yicha musobaqalarda o‘zbekistonlik sportchilar alohida muvaffaqiyatga erishib, 13 ta oltin, 7 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritdilar.

Para armresling bo‘yicha terma jamoa 3 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Para suzish bahslarida ham O‘zbekiston sportchilari mamlakat xazinasiga 3 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalni qo‘shdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling